Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

INSON AZIZ

8.5.2023 532

Dilnoza ASHUROVA, G‘ijduvon tumanidagi 25-maktab o‘qituvchisi

9-may – Xotira va qadrlash kuni yurtimizda keng nishonlanib, 1941-1945-yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib, halok bo‘lgan jasur va matonatli ota-bobolarimiz xotirasi yod etilmoqda. Maktabimizda ham “Inson aziz – xotira maqaddas” nomli tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qahramonlarimizning matonatlari sahna koʻrinishlari orqali yoritib berildi. “Uch avlod uchrashuvi” doirasida davra suhbatlari hamda nafaqa yoshidagi oʻqituvchilar va oʻquvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish