Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Ishlaydigan ayoldan qo‘rqamiz!

18.1.2024 511

Abdulla OMON

Biz erkaklar ayollarning bir toifasidan juda qo‘rqamiz: ishlaydiganlaridan! “Ishlaydiganlari” deganim bu oddiy o‘zbek oilasida tarbiya topib turmushga chiqqanidan so‘ng eri uchun ovqat tayyorlab, kirini yuvib xizmat qilayotgan ayollar emas, bular bir necha yil oliy ma’lumotli bo‘lish uchun o‘qigan, davlat ishida ishlaydigan, o‘z haq-huquqini taniydigan va eridan ham ko‘p pul topadigan ayollar.

Bu ayollar shunchalik xavfliki, kam maoshli ishingizdan uyga qaytganingizda paypog‘ingizni burchakka uloqtirib, divanda yalpayib televizor tomosha qilib yotish imkoniyatini bermaydi! Bu toifadagi ayollarga uylangan erkaklar doim havotirda. Ko‘zlarini salgina mudroq bossa, xotini ulardan o‘zib ketishi aniqligini bilgani uchun ham yo‘q joydan janjal chiqarib, hamkasblaridan rashk qilib, ishdan bo‘shatib, uyida olib o‘tirish uchun tinimsiz harakatda bo‘ladi!

Oliy ma’lumotli xotini ishlashini xohlamaydigan har qanday erkak undan kuchsizligini tan olgan erkakdir! Chunki ular bir xotinchalik pul topa ololmasligini yaxshi anglaydi!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish