Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

IS’HOQXON IBRAT

23.8.2023 3498

Ziyoda RAHIMBOYEVA tayyorladi.

Faoliyatini pedagog sifatida qishloqda maʼrifat tarqatish bilan boshlagan Is’hoqxon Ibrat (1862-1937) nafaqat ma’rifatparvar shoir, tilshunos va tarixshunos olim, ilk oʻzbek matbuotchilaridan biri hamdir. Faoliyatini pedagog sifatida qishloqda maʼrifat tarqatish bilan boshlagan Is’hoqxon Ibrat (1862-1937) nafaqat ma’rifatparvar shoir, tilshunos va tarixshunos olim, ilk oʻzbek matbuotchilaridan biri hamdir. 

Sharq va G‘arb mamlakatlarining Istambul, Sofiya, Afina, Rim, Qobul, Makka, Kalkutta, Bombey kabi shaharlari bo‘ylab safarlari mobaynida arab, fors, hindi, urdu, ingliz tillarini mukammal o‘rgangan ma’rifatparvarning fan, maʼrifat va madaniyatni targ‘ib etuvchi maqolalari “Turkiston viloyati gazeti”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona” gazetalarida muntazam chop etilgan.Milliy kutubxona va kitobxonlik ishlarining ilk tashkilotchisi va targ‘ibotchisi sifatida “Kutubxonai Is’hoqiya”ga asos soladi.

Kitob berish va olish ma’lum tartib-qoidaga moslashtirilgan bu kutubxona fondi boy bo‘lib, ko‘plab ilmiy, tarixiy, badiiy asarlar bilan birga, zamonaviy mavzulardagi kitoblarni ham topish mumkin edi.Xayrli ishlari tufayli qozilik darajasiga ko‘tarilib, xalq hurmatini qozongan Ibrat ilm-fan, madaniyat, maktab-maorif sohasidagi jonbozligi tufayli ayrim mutaassiblarning nafratiga uchradi. Ona qishlog‘i To‘raqo‘rg‘onda mehnatkash xalq bolalari uchun ochgan maktabi ko‘p o‘tmay mutaassib kimsalar tomonidan “Kofirlar maktabi”, degan tuhmat bilan yoptirildi.

Dunyodagi qirqdan ortiq tillar va yozuvlar haqida ma’lumot beruvchi “Jome’ us-xutut” asari, arab, fors, hind, turk, o‘zbek va rus so‘zlaridan tarkib topgan “Lug‘at sitta as-sina” lug‘ati, tarixchi olim sifatida yozgan “Tarixi Farg‘ona”, “Tarixi madaniyat”, “Mezon uz-zamon” kitoblari o‘z davri uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan. 75 yoshida hibsga olingan ma’rifatparvar Andijon turmasida vafot etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish