Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Italiya prezidenti Serjo Mattarella Oʻzbekistonga keldi

10.11.2023 438

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2023-yilning 9-noyabr kuni Italiya Respublikasi prezidenti Serjo Mattarella farzandi Laura Mattarella hamrohligida rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.

Oʻzbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi Bekzod Hidoyatovning xabar qilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida ularni Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Shundan soʻng, Oliy martabali mehmon oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga joʻnab ketgan.

Xabar qilinishicha, tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi. Kun tartibidan Oʻzbekiston bilan Italiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari o'rin olgan.

Oʻzbekiston prezidentining 2023-yil iyun oyidagi Italiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Shuningdek, prezident Serjo Mattarella Samarqand va Xiva shaharlariga tashrif buyurib, Oʻzbekistonning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish