Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Jasorat maktabi”

8.11.2023 278

Umid Xudoyqulov, Yoshlar ishlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi

Hududlarda profilaktik hisobda turgan hamda tarbiyasi ogʻir uyushmagan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitish maqsadida “Jasorat maktabi” yigʻinining uchinchi mavsumi davom etmoqda.

Navoiy viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi, Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi va hamkor tashkilotlar ko‘magida tashkil etilgan yigʻin doirasida treninglar, psixologik mashgʻulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbir, saf va jangovar tayyorgarliklar boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻinning ilk kunida 100 nafar yosh tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, guruhlarga ajratilgan va yotoqxonalarga joylashtirilgan. Harbiy vatanparvarlik yigʻini 2-noyabrga qadar davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish