Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Jasorat maktabi” loyihasining navbatdagi mavsumiga start berildi

14.9.2023 1048

Dilfuza Eshmurodova, Qashqadaryo viloyati yoshlar media loyihalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha bosh mutaxassis

Mamlakatimizda huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlar o’rtasida vatanparvarlik ruhini shakllantirish, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Jasorat maktabi loyihasining 3-mavsumiga start berildi.

Tadbirning ochilish marosimida viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i U.Sultonov hamda ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari R.Temirov hamda harbiy nuroniylar so’zga chiqib loyiha ishtirokchilariga omad tilab 10-kun davom etadigan harbiy sog’lomlashtirish oromgohida harbiy rahbarlar hamda yoshlar uchrashuvi, harbiy sport musobaqalari, ma’daniy ma’rifiy tadbirlar haqida ma’lumot berib o’tishdi, va ular Yoshlar markazi oldidan tantanali tarzda Nishon tumanida joylashgan harbiy qismga kuzatildi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarimida ishtirokchilar Nishon tumanidagi harbiy qismda kutib olindi va ochilish marosimi o’tkazildi. Mazkur ochilish marosimida harbiylar, hamkor tashkilot rahbarlari ishtirokida ochilish marosimi o’tkazildi. Harbiylar tomonidan namoyish etilgan badiiy chiqishlar ishtirokchilar uchun harbiy hayot haqida taassurot uyg’otdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish