Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Kafil bo‘lib baloga qoldim”

16.2.2023 343

Bankdan kredit olmoqchi bo‘lsangiz, sizdan kafil topish talab etiladi. Kafil kredit to‘liq yoki qisman to‘lanishiga kafolat beradi. Aks holda kafilning o‘zi kreditni to‘lab berishni o‘z bo‘yniga oladi. Bankdan kredit olmoqchi bo‘lsangiz, sizdan kafil topish talab etiladi. Kafil kredit to‘liq yoki qisman to‘lanishiga kafolat beradi. Aks holda kafilning o‘zi kreditni to‘lab berishni o‘z bo‘yniga oladi. Kafillik shartnomasiga imzo chekkan tomon kredit to‘lanishiga qarzdor bilan birga javobgar hisoblanadi. Bu majburiyatni to‘liq tushunmay, do‘sti yoki biror tanishiga kafil bo‘lib, keyin muammolarga duch kelayotgan insonlar ham yo‘q emas.

Sirdaryo viloyatidan tahririyatimizga kelib tushgan savol esa so‘zimizning isbotidir. “Men davlat tashkilotida ishlayman. Bir yaqin tanishim bankdan 15 million so‘m kredit olayotib, menga kafil bo‘lishimni iltimos qilgan edi va men bunga rozi bo‘lib, yillik daromadim haqidagi ma’lumotnomani bergan edim. Hozir o‘sha tanishim kreditini o‘z vaqtida to‘lamayotgani sababli bank xodimlari menga bir kunda o‘n-o‘n besh marta telefon qilib, uning qarzini to‘lashimni talab qilyapti. Men kredit olmagan bo‘lsam, shunchaki kafil bo‘lganim uchun mendan kreditni talab qilishlari to‘g‘rimi?” – deydi Barno Oripova.

Bu savolga amaliyotchi yurist Husan MAMAYUSUPOVdan javob oldik:– Avvalo, kafillik shartnomasi o‘zi nima, degan masalaga oydinlik kiritsak. Fuqarolik kodeksining birinchi qismi 292-moddasiga asosan, kafillik shartnomasiga rozilik berish, boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga olish degani. Ya’ni siz o‘sha tanishingiz kredit olayotganida unga kafil bo‘lish orqali “olaver, to‘lolmasang, men kafilman”, degansiz. Shunga ko‘ra, bank xodimlari kafillik shartnomangizda nazarda tutilgan tartibda hamda yuqoridagi kodeksning 293-moddasiga asosan, asosiy qarzdor kredit qarzini to‘lay olmagan taqdirda kredit majburiyatini sizga ham qisman yoki to‘liq miqdorda yuklashi mumkin.

Shu o‘rinda “Men uning qarzini to‘lab yuraverishim kerakmi?” degan savol tug‘iladi. Fuqarolik kodeksining 295-moddasiga ko‘ra, kafil kreditorga to‘langan summaga foizlar to‘lashni va qarzdor uchun javobgarlik munosabati bilan ko‘rgan boshqa zararini to‘lashni qarzdordan talab qilishga haqli ekanligi keltirilgan. Ya’ni agar siz uning kredit bo‘yicha qarzdorligini to‘lagan bo‘lsangiz, unga qarshi davo qilib, to‘lagan to‘lovingizni foizi bilan qaytarishni va u tufayli ko‘rgan zararingiz o‘rnini qoplab berishini talab qilishga haqlisiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish