Аziz bolalar! Madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidoringizni namoyish etish vaqti keldi. Bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar 24-oktabrdan 15-noyabrga qadar Yoshlar ishlari agentligining tuman va shahar bo‘limlari orqali qabul qilinadi.
Tanlovda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, quyidagi 6 ta yo‘nalishda ishtirok etishlari mumkin:
“A” guruhi: Klassika – fortepiano, torli, damli, zarbli musiqa asboblari;
“B” guruhi: Vokal – anʼanaviy va akademik ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari;
“S” guruhi: Milliy cholgʻu – torli, damli, zarbli va chertib chalinadigan musiqa asboblari;
“D” guruhi: Raqs va badiiy gimnastika – milliy, ball hamda zamonaviy raqslar, buyum (tasma, koptok, halqa, argʻamchi) bilan va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish;
“E” guruhi: Tasviriy va amaliy sanʼat. Tasviriy sanʼat yoʻnalishiga – grafika, rangtasvir, natyurmort, liboslar dizayni; Amaliy sanʼat yoʻnalishiga – haykaltaroshlik, kulolchilik, zardoʻzlik, quroqchilik, gilamdoʻzlik, biser toʻqish, yumshoq oʻyinchoqsozlik, naqqoshlik, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi kiradi;
“F” guruhi: Nasr va nazm. Nazm yoʻnalishiga – sheʼr, gʻazal, doston; nasr yoʻnalishiga – hikoya, ertak kiradi.
Tanlovning o‘tkazilish tartibi haqidagi nizom bilan quyidagi QR-kod orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.