Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekistonliklar qaysi kasallikdan ko'proq vafot etmoqda ?

30.1.2024 358

Yoshlar ovozi

Statistika agentligi 2023-yilda vafot etganlarning soni hamda sabablari haqidagi ma’lumotlarni ochiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha 2023-yilda vafot etganlar soni 172,8 ming kishini tashkil etdi. Bu ko'rsatkich esa 2022-yilga qaraganda 1,8 foiz o‘sishni ko‘rsatgan.

O‘tgan yilgi natijalarga qaralsa, o‘lim holatlarida erkaklar soni 95 ming, ayollar soni esa 77,8 ming kishiga to‘g‘ri kelmoqda. Unga ko‘ra, vafot etganlar soni shahar joylarida 93,6 ming kishini, qishloq joylarida 79,2 ming kishini tashkil etdi.

Yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanganda esa mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 8,8 foizni, mehnatga layoqatli yoshdagilar 24,6 foizni va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 66,6 foizni tashkil etgan.

Asosiy muammo qon aylanish tizimida

Shuningdek, hisobot davrida qayd etilgan o‘lim holatlarining 61,1 foizi – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 10,8 foizi – o‘simtalardan, 5,5 foizi – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,8 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,1 foizi – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 1,3 foizi – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 12,4 foizi esa boshqa kasalliklarga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida Toshkent eng yuqori


Hududlar bo‘yicha vafot etish koyeffisiyenti eng yuqori Toshkent shahrida 5,2 promille, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida 5,1 promilleni tashkil etgan.

Eng kam ko‘rsatkich esa Navoiy va Buxoro viloyatlarida 4,3 promilleni tashkil etgan. O‘tgan bir yilda o‘limlarning o‘sish sur’ati eng yuqori darajasi Navoiy viloyatida 109,5 foizga, Sirdaryo viloyatida 109,3 foizga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 105,2 foizga, Toshkent viloyatida 104,7 foizga va Andijon viloyatida 103,2 foizga teng bo‘lgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish