Ha, men siz bilgan, yoningizda “labbay” deb yurgan oddiy o‘zbek o‘g‘loniman. Bu hikoyani aytishdan maqsadim – shukronalik hissi bilan yashashga loyiq ekanimizni, Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo ekanini aytish.
Men 1993-yilda oddiy oilada tug‘ildim. 2009-yili maktabni tugatib, kollej ostonasiga qadam qo‘ydim. 2012-yili kollejni bitirgach, ko‘p pul topaman deb Rossiyaga otlandim. Poyezdda ketar ekanman xuddi meni zo‘r ish, katta maosh kutub turgandek xursand edim. Biroz muddat ishlab, mashina olaman, uy-joyimni zo‘r qilib olaman, hamma havas qiladi, deb o‘yladim.
Manzilga yetib kelganimda do‘stim va Artur isimli bir ish beruvchi kutub oldi. Biz ish joyimizga yo‘l oldik. O‘rmon oralab ketayotib o‘yladim: bu qanday joy, shu joylarda ishlaymanmi, shu joylarda qolib ketmasam bo‘ldi...
Do‘stim Artur bilan ruscha gaplashar, meni hadik basar edi, “eh nodon bola, nega ustozlaring tilni o‘ran, kerak bo‘ladi, desa parvo qilmading!” deb o‘zimdan xafa bo‘lib ketardim. Ish joyimizga yetib keldik – bir vagonni ko‘rsatib “shu seni yotog‘ing, buguncha dam ol, ertaga ishga chiqasan”, deb bitta yostiq va yopinchiq berishdi-da, o‘zlari boshqa joyga ketdi. Bir o‘zim qoldim. Sovuqda yotar ekanman uymidagi issiq joyimni eslab, ko‘zimga yosh keldi.
Tong otdi. Saot 6 bo‘lganda Artur “turlaring, ishlagani kegansanlar, yotgani emas!” deb baqirardi chamamda. Hamma turub oshxonaga yo‘l oldik. Hozir qaymoq, issiq non, issiq shirin choy berishsa kerak, deb xayol surub ketardim. Borsam, stolda qotgan qora buxonka va ikki dona oq qand turardi...
Shunisiga shukr, deb nonushtadan keyin ishga chiqdik. Ishimiz katta daraxtlarni kesib berishdan iborat edi. Havo shunchalar sovuq ediki, ko‘zimizdan yosh chiqsa, qotib qolar edi. Shunday sharoitda bir necha oy ishladim. Birinchi maoshimni oldim. Xursand bo‘lib uyga jo‘natdim va birinchi bo‘lib onamga qo‘ng‘iroq qildim.
“Allo, onajon...”, desam onamning birinchi gapi “Bolam, qiylanmayapsanmi? Ish joying sovuqmasmi, katta-katta ovqat yeyapsanmi?” bo‘ldi. Ko‘zlarimga yosh kelib, “Onajon, sizni sog‘indim!” deyishdan boshqa so‘z topolmadim. Onam “Men ham so‘g‘indim, ko‘rgim keldi!” deb yig‘lab yubordi. “Yig‘lamang, yaqinda boraman, qishlog‘imda ishlayman. Mayli, ozroq pul topsam ham, sizlarning yoninggizda, o‘z uyimda bo‘laman”... deb xayrlashdik.
Kunlar shu tariqa – qiyinchilik bilan o‘tardi. Bizni hech kim odam o‘rnida ko‘rmas, og‘rib qolsak ham ishlashga majbur edik. Oradan oylar o‘tib, bir amalab qishlog‘imga qaytdim. Bu menga rost, boshimni yerga qo‘yib, ona tuprog‘imni peshonamga surtdim. Ichimdan qanaqa hissiyotlar o‘tganini o‘zimdan boshqa hech kim bilmaydi...
Vaqt – oqar suvdek. Tirikchilik g‘amida har xil ishlar qilib yurdim. Bir kuni do‘stim mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy qilinayotganini aytib qoldi. Bu lavozimga nomzodlar tanlav asosida saralanayotgan ekan. Tezda hokimiyatga bordik. Suhbat bo‘ldi. Mufaqiyatli o‘tdim – o‘zim tug‘ilib o‘sgan, o‘ynab katta bo‘lgan mahallamga ishga olishdi. 3 oy davomida malakali ustozlar, soha egalari bizga bilim va ko‘nikmalar ulashdi. 2022-yil 19-yanvar kuni Paxtaobod tumanidagi Zokir Habibiy mahallasi yoshlar yetakchisi lavozimida ish boshladim.
Davlatimiz rahbari bizga judda katta imkoniyat, imtiyozlar berdi. Deyarli hamma qarorlar yoshlar uchun xizmat qilmoqda. Mehnatim sabab 2023-yilda Paxtaobod tumanida eng faol yoshlar yetakchisi, bu yil Andijon viloyatida yoshlar yetachilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ko‘rik-tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiridim.
Bilasizmi, unverstetga ham suhbat asosida o‘qishga kirdim. Yoshlar ishlari agentligi barcha to‘lovlarni qilib berdi, 1-kurs uchun kantrakt to‘lovini ham.
2024-yilda yoshlar yetakchilari o‘rtasida “TOP 100” talikdan ham joy oldim. Mahalam yoshlari bilan ko‘plab yutuqlarga erishdik. Bugun baralla ayta olaman – men Yangi O‘zbekistonda yashayotganimdan faxrlanaman! Qo‘limda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 30 dan oshiq yordam turlarini belgilash imkoniyati bor. Prezidentimiz bizga ishongani – baxt!