Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Katta Novqat tajribasi

23.8.2024 406

Farrux SUYUNOV, Shahrisabz shahar “Katta Novqat” mahallasi yoshlar yetakchisi

Yoshlarimiz bandligini ta’minlash eng asosiy vazifalarimizdan biri. Asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish bo‘yicha subsidiya so‘rab murojaat qilgan, ishsiz va boshqa tarmoqlarda norasmiy band bo‘lgan yoshlarimizning doimiy daromad manbayiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish maqsadida “1+3: tengdoshimga kasb o‘rgataman” loyihasini ishga tushirdik.

Loyihaning asosiy maqsadi kasbiy ko‘nikma va tegishli kasb bo‘yicha sertifikatni qo‘lga kiritgan ijtimoiy kam ta’minlangan yoshlarimizga subsidiya asosida mehnat qurollari olib berish va ularga ushbu kasb-hunarga qiziqadigan kamida 3 nafar yoshni biriktirish orqali natijaga erishishdir. Loyiha doirasida mahallamizda subsidiya asosida mehnat quollari olib berilgan bir nechta yoshlarimiz o‘z ish faoliyatini boshlagan.

Zulayho Xoliqovani dastlab Shahrisabz sharida joylashgan O‘zbekiston-Koreya hamkorligida ochilgan “KOICA” kasb-hunarga o‘qitish markazida o‘qitib, sertifikat olishiga ko‘maklashdim. O‘qishni tamomlagandan so‘ng “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berildi. Hozir 5 nafar xotin-qizga tikuvchilik sirlarini o‘rgatib kelmoqda. Doimiy daromad manbayiga ega.

 

 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish