Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

KELAJAK KASBIMNI TOPDIM

19.1.2023 73

Sardorbek MATKARIMOV, “IT Park Xorazm” filiali bitiruvchisi

Oilada ikki nafar farzandmiz. Akam kichkina tamaddixonada oshpaz boʻlib ishlaydi, onam uy bekasi, men esa Urganch shahridagi 1-sonli kasb-hunar maktabining 2-kurs o‘quvchisiman. Yoshligimdan media sohasiga qiziqardim, lekin bu sohada bilim olishim uchun moddiy ahvolimiz toʻgʻri kelmasdi.

Mahallamizning yoshlar yetakchisi oilaviy sharoitimiz bilan tanishgach, meni “Yoshlar daftari”ga kiritdi va “Kelajak kasblari” loyihasi boʻyicha “IT Park Xorazm” filialida oʻqishim uchun tavsiya qildi. U yerda oʻzim qiziqqan yoʻnalish, yaʼni videomontaj kursida oʻqiy boshladim. Ustozlarim Faxriddin Ruzmetov hamda Ulugʻbek Ibragimovlar menga media sohasi boʻyicha bilim bermoqda.

Rejissyorlik sohasida yutuqlarga erishib kelayotgan ustozim Ulugʻbek Ibragimov yonida sohaning sirlarini oʻrganyapman. Bu ishim orqali yaxshigina daromad topib, oilamga ham moddiy yordam beryapman. Oilamdagilar esa bundan juda xursand va ustozlarimning mendan umidi katta. Kelajakdagi maqsadim – ustozlarimga oʻxshagan media sohasining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishish.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish