Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Ketish

1.11.2023 367

Niyatullo ELBEK o‘g‘li

Meni sovuq kuzatar qishloq,

Munis onam issiq bag‘ridan.

Duo qilar otam ham har choq,

Yorug‘liklar tilab Tangridan.

 

Yo‘l olaman. Shahar. Toshlangan,

Hislarim ham toshlanar mutlaq.

Borgan sari muzlay boshlayman

Yashamayman, turgum muallaq.

 

Qo‘llarim bo‘sh kelsamda g‘arib,

Qishloq meni to‘ldirar mohir.

Yuragimni ruhga qaytarib

Yashash uchun kelaman, axir.

 

Bunday ketish ko‘ngilni g‘ashlar,

To‘kilaman ko‘ngil qa’rimga.

Yuragimni ketaman tashlab,

Menga yurak berganlarimga...

 

Menga yurak berganlarimga..!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish