Kitob - insoning fikr doirasini kengaytirib, unga cheksiz maʼnaviy-ruhiy ozuqa beradi. Buyuk mutaffakir Abdurahmon Jomiy shunday degan: “Dunyoda kitobdan yoqimliroq doʻst, undan ortiq gʻamxoʻr yoʻq”.
Jizzax shahridagi 22-umumtaʼlim maktabi qoshida tashkil qilingan axborot-resurs markazida ham ana shunday yoqimli 3475 ta adabiyot mavjud. Shundan 2300 tasi badiiy kitoblardir. Kutubxona xodimlari tomonidan oʻtgan 2023-2024 oʻquv yilida yangi nashrdan chiqqan badiiy adabiyotlar koʻrgazmalari, maʼrifiy tadbirlar, darslik va badiiy adabiyotlarni yuritish tanlovlari tashkil etildi. ARM videotekasidagi filmlar namoyishi, shuningdek, ijodkorlar bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda. Bunda “Yil kutubxonachisi” respublika tanlovi qatnashuvchisi Hulkar Murodovaning xizmati katta.
Besh yil avval oʻquv dargohida sinf kutubxonalari tashkil etilishi tashabbusi hozirda yaxshi samara bermoqda. Yuqori sinflarda ona tili va adabiyot, biologiya hamda matematika fanlaridan tashqari badiiy kitoblar, rasm va fotosuratlar toʻplash ham namunali yoʻlga qoʻyilgan Oʻquvchilar uchun shahrimizda yetishib chiqqan taniqli insonlarning mehnat faoliyati, hayoti haqida maroqli suhbatlar muntazam oʻtkazib boriladi. Tajribali pedagog Nargiza Nazarova rahbarlik qilayotgan sinf oʻquvchilardan Lola Saidqulova va Dilorom Qashriboyeva shu oʻquv yilida Jizzax shahar maktablararo “Kitob marafoni”da faol ishtirok etib, faxrli oʻrinni egallashdi. Hozirda sinf kutubxonasida 150 ga yaqin badiiy adabiyot mavjud boʻlib, yildan-yilga boyitib borilmoqda.
Darhaqiqat, kitob –ulkan moʻjiza, unga boʻlgan mehr- muhabbatimizni doimo oshirib bormogʻimiz, kelgusida oʻquvchi- yoshlar qaysi kasb-hunarni egallamasin badiiy kitoblarni mutolaa qilib, ularga koʻp kitob oʻqigan hayotni oson anglashi va ilmli boʻlishini misollar asosida tushintirib boramiz. Biz yoshlarning asosiy vazifalardan biri kitobxon qalbida xalqimizning madaniy-maʼrifiy, tarixiy yodgorliklari, muqaddas qadamjolari, urf-odatlari hamda anʼanalariga eʼtiqod tuygʻularini shakllantirishga qaratilmogʻi lozim. Koʻp kitob oʻqigan hayotini oson anglashini eslatmochimisiz. Kitob, kitobxon va kutubxona oʻrtasidagi vosita-zanjir boʻshashib ketmasligiga erishibgina maʼnaviy barkamol avlodni shakllantirish mumkin.
Kezi kelganda aytish kerakki, oʻquvchilarning kitobga munosabati turlicha boʻlarkan. Baʼzi “kitobxon”lar borki, olgan kitobini umuman, qaytarishni ham oʻylamaydi. Soʻrasangiz: “Shunga shunchami, oʻzi bir kitob boʻlsa...” deya ensasi qotadi. Bunday koʻngilsiz hollar onda-sonda boʻlsa-da oʻquvchilar orasida uchrab turadi.
Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti munosabatlari va turli elektron ommaviy axborot vositalari kitobxonni katta adabiyotdan biroz boʻlsa-da uzoqlashtirayotgani sir emas. Biroq kitob ulkan moʻjiza ekanligini sho-girdlarimizga vaqtida anglatib borishimiz zarur. Negaki, koʻp kitob oʻqigan bolaning fikrlash doirasi keng, zehni oʻtkir boʻlib, hayot sinovlariga bardoshli boʻladi. Shu bois har birimiz avval farzandimiz, qolaversa, shogirdlarimiz qalbiga kitobxonlik chirogʻini yoqaylik, toki uning yogʻdusi hamisha yoʻlini yoritib tursin.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida, qogʻoz narxining birmuncha baland ekanligi, matbaachilar mehnatining nechogʻlik mashaqqatlik ekanligini tushunib, uni qadrlagan holda maktab kutubxonasi fondidagi darslik va boshqa turli adabiyotlarni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash har birimiznng vazifamiz boʻlmogʻi lozim.