Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi mahsulotlar soxtalashtirilmoqda?

7.5.2024 159

Uz24

Intellektual mulk sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yuzasidan 2024-yilda aniqlangan kontrafakt va soxtalashtirilgan mahsulotlar soni e’lon qilindi.

Eng ko‘p hissa oziq-ovqatlarga to‘g‘ri keladi

Adliya vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning dastlabki choragida aniqlangan kontrafakt holatlarining 58 foizi oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rin esa gigiyena mahsulotlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu jami aniqlangan holatlarning 11 foizini tashkil qiladi. Umumiy ko‘rsatkichning 7 foizi alkogol mahsulotlari, 5 foizi farmatsevtika mahsulotlari va 4 foizi boshqa turli mahsulotlarga to‘g‘ri keladi. Mualliflik huquqi bilan bog‘liq ko‘plab ishlar ham aniqlanib, bu umumiy mahsulotlarning 15 foizini tashkil etgan. 

Yilning dastlabki 3 oyida bu kabi jinoyatlarning eng ko‘pi Toshkent shahrida aniqlangan bo‘lib, 41 holatda soxta mahsulotlar tarqalishining oldi olingan. Keyingi o‘rinlarni Samarqand – 24 ta, Qashqadaryo – 17 ta holat bilan egallagan.

30 million jarima undirilgan

Soxtalashtirish va ularni tarqatish bilan bog‘liq 44 nafar huquqbuzar jarimaga tortilgan. Ushbu shaxslardan 30 million 430 ming so‘m jarima undirilgan. Bundan tashqari, 145 ta tashkilot o‘zida ushbu turdagi qonun buzilishini bartaraf etganligi bo‘yicha hujjatlarni Adliya vazirligiga taqdim etgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish