Bizga doimiy kelib tushadigan savollardan biri — bu bankdan kredit olish foydaliroqmi yoki do‘konning o‘zida “rassrochka”dan foydalanish? Keling, buni aniq misol bilan ko‘rib chiqamiz.
Kredit bo‘yicha foizlar kredit qoldig‘iga nisbatan yuritiladi. Tushinarliroq bo‘lishi uchun foizlarni qoldiqqa nisbatan emas, kredit miqdoriga nisbatan hisoblaymiz.
“Rassrochka”
Dastlab “rassrochka”dan boshlaymiz. O‘zbekistondagi elektron do‘konlardan biriga kiramiz, bizga kerak bo‘lgan kir yuvish mashinasini topamiz. Uning narxi deyarli 6,5 mln (6 589 000) so‘m ekan. 12 oyga eng arzon muddatli to‘lovni tanlaymiz.
Jami biz bir yilda 6,5 mln so‘mlik kir yuvish mashinasi uchun 9 mln 389 ming so‘m to‘lar ekanmiz. Bu bir yilda texnika narxiga nisbatan 42,4 foiz ko‘proq to‘laysiz degani.
Bank krediti
Endi O‘zbekistondagi banklardan biridagi iste’mol krediti bilan qiziqamiz. Kredit qoldig‘iga nisbatan hisoblanganda iste’mol kreditining yillik foiz stavkasi 21 foiz. Kredit kalkulyatorga kir mashina uchun kerak bo‘lgan 6 589 000 so‘mni kiritamiz.
Bir yil ichida kreditni 7 mln 362 ming so‘m qilib qaytarar ekanmiz. Bu bir yilda konditsioner narxiga nisbatan 11,7 foiz ko‘proq to‘laysiz degani.
Qaysi biri foydali?
Bundan kelib chiqadi-ki, bank krediti muddatli to‘lovga nisbatan ancha foydaliroq. Biroq bankdan kredit olishda rasmiy ish joyi, kafil, garov yoki sug‘urta kabi talablar bo‘lishi mumkin. Chuni bank mijoz qarzni qaytarishiga maksimal ishonch hosil qilishni xohlaydi.
Do‘konda “bo‘lib to‘lash” xizmatidan foydalanganingizda esa sizdan faqat passport so‘raladi.