Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

KUN QAHRAMONLARI E'TIBORDA

12.1.2023 179

Anvar TO‘YCHIYEV, Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi mutaxassisi

Sirdaryo viloyatining bir guruh ko‘ngilli yoshlari hamda viloyat sardorlari ishtirokida, bugungi kunda halol mehnati evaziga yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shayotgan, tozaligini saqlayotgan Obodonlashtirish boshqarmasining mehnatsevar va ko‘ngli insonlari holidan xabar olindi.

Sovuqni sovuq demasdan mehnat qilayotgan insonlar, volontyor yoshlar tomonidan issiq kofelar hamda shirinliklar bilan siylandi.

Obodonlashtirish boshqarmasining xodimlari issiq kofe va shirinliklarni iste'mol qilgunlariga qadar, volontyorlar ushbu mehnatsevar insonlarning yumushlarini bajarishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish