Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Lahzalik lazzat va qisqarayotgan umr

10.6.2024 232

 Nilufar Ibrohimova, O‘zJOKU talabasi  

Dars tugadi. Universitetdan chiqarkanman, do‘kon yonida bir to‘da yigit qizlarga har kuni duch kelaman. Har birining qo‘lida sigaret yoki ko‘pchilik zararsiz deb ataydigan elektron tamaki. Shu paytda yaqinda ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan “maktab o‘quvchisi og‘zida elektron tamaki portladi” degan xabar xayolimga keldi. Bu holat ko‘pchilik uchun oddiy holdek bo‘lib qolgan. Shuning uchunmi, hamma bee’tibor. Men ham shular qatorida yo‘limda davom etdim. Ijara uyga yetib borguncha bir ikkita maktab yonidan o‘tishimga to‘g‘ri keladi. Oldin unchalik e’tiborimni tortmagan maktab o‘quvchilari bugun negadir meni o‘ziga jalb qildi. Qarasam, to‘rtta bola bitta sigretni almashib chekyapti...

                                

25dan ortiq kasalliklarni keltirib chiqaradi

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qilishicha, chekish bu faqat chekayotgan insonga emas, balki atrofdagi insonlarga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Hozirgi kunda kelib dunyo miqyosida chekuvchilar soni tobora ortib bormoqda.

Tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, tamaki mahsulotlari tarkibida 20 dan ortiq zaharli moddalar mavjud boʻlib, ular ichida eng zaharlisi  nikotindir. Inson sigaret chekkanda, nikotin tutun orqali oʻpkaga keyin esa qonga soʻriladi, yurak-qon tomir sistemasiga salbiy tasir koʻrsatadi. Qon tomirlari torayib, bosim oshadi. Yurak urushi tezlashadi. Bu holat yurak muskullarini ishdan chiqaradi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining ma’lumot berishicha, 25 dan ortiq kasallik keltirib chiqaradi. Bu haqida tibbiy tadqiqotlar olib borgan Britaniya kengashi olimlarining koʻp yillik izlanishlari xulosalarda oʻpka saratoni va miokard infarktining chekish bilan bogʻliqligi haqida jiddiy ilmiy dalillar keltirilgan. Hammamiz bilgan yurak ishemik kasalligi va insultdan oʻlim holatlarining 70 foizini chekuvchi insonlar tashkil qilarkan. Dunyo statistikalariga qaraganda chekuvchi inson oʻz umrini 18 yilga qisqartirar ekan.

                                         

Elektron sigaretlar zararsizmi?

Bilamizki, hozirgi kunda har bir soxada jadal rivojlanish boʻlmoqda. Soʻngi paytlarda oddiy sigaretlardan farqli boʻlgan elektron sigaretlar yani (veyplar)ni inson salomatligiga zararsiz deydiganlar ko‘p. Buni qanchalik toʻgʻri deyish mumkin? Bir soʻz bilan aytganda zararsiz dep aytilayotgan elektron sigarettalar (veyplar) ayniqsa salomatlik uchun juda xavfli mahsulot inson tanasida turli xil kasalliklar keltirib chiqaradi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, ayniqsa, hali yaxshi rivojlanmagan markaziy asab tizimi bu moddaga tez o‘rganadi. Agar ushbu tizimning shakllanishi taxminan 25 yoshgacha davom etishi eʼtiborga olinsa, elektron sigaretalar yoshlar salomatligi uchun juda xavfli. Oddiy va elektron sigaretalarni birgalikda chekish esa yana-da zararli. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday holatlarda nafas olish aʼzolari va yurak-qon tomir xastaliklari xavfi 2 barobarga ortadi. Shu sababli Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti dunyo mamlakatlarida elektron sigaretlarni taqiqlashga chaqiradi.

Yoshlar orasida elektron tamakiga qiziqish ortib bormoqda

Tahlillarga ko‘ra, elektron sigaretlarni chekuvchi o‘smirlar va yoshlar salmog‘i katta yoshdagilarga nisbatan uch barobar ko‘p. Maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari orasida ularga qiziqish ortmoqda. Maktab yoshidagi 26,6 ming o‘g‘il bolalar va 8,6 ming qiz bolalar chekishga moyil. Xo‘sh, ularning qiziqishiga nima va kim sabab bo‘lyapti? Bu savol berilganda xayolimizga birinchi o‘rinda e’tiborsizlik keladi. Ha, to‘g‘ri, ota-ona o‘qituvchilarning e’tiborsizligi va buni payqamasligi katta xato. Bundan xabar topganlarida esa aksariyat hollarda kech bo‘lgan bo‘ladi. Kattalarning beparvoligi natijasida, bolada ko‘cha bezorilariga qo‘shilib qolish, keyinchalik, shu orqali chekishga va shunga o‘xshash zararli narsalarga qiziqish paydo bo‘ladi. Ko‘chadagi ulfatlarining qistovi bilan boshqa do‘stlarini ham shu odatlarga unday boshlashi, bu orqali esa ular yaxshigina daromad qilishi ko‘pchilikka ma’lum.

                                 

Voz kechishning 100dan o rtiq yo‘li mavjud

Albatta, bu kabi yomon illatlarga oʻrganib qolishdan yomoni boʻlmasa kerak. Xalqimizda shunday ibora bor “Oʻrgangan koʻngil oʻrtansa qoʻymas”. Bu kabi tamaki, alkogol va turli xil dorilarga oʻrganib qolish sababli insonlar tayyor oʻljaga aylanmoqda. Ayniqsa, bu yoshlar oʻrtasida koʻp voyaga yetmagan bolalarda uchraydi. Psixologlar aytishicha, tamaki maxsulotlaridan vos kechishni 100 dan ortiq turi mavjud. Va bunda birinchi 3 kun judayam ogʻir oʻtishi haqida aytib oʻtadi. Yillar davomida chekib yurganlar esa, chekishdan birdaniga vos kechishi o‘limga sabab bolishi ham mumkin. Shifokor tavsiyasi va nazoratisiz bu usulni qo‘llash juda xavfli. Bunday holatlarni oldini olish, farzandlarga e’tiborli bo‘lish barchaning o‘zining qo‘lida.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish