Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Lionel Messi - 8 karra "Oltin to‘p" sohibi

1.11.2023 299

Parijda 2023-yil uchun "Oltin to‘p" sovrinini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning eng yaxshi futbolchisi va yana bir qator nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlandi. 

Asosiy mukofot "Inter Mayami" klubi va Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi. 

36 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda milliy jamoasi bilan jahon chempionatida zafar quchdi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 

Shuningdek, Leo "PSJ" safida Liga 1da chempion bo‘ldi, Mayami klubi bilan MLS Liga Kubogida g‘olib chiqdi. 

Shu tariqa Messi faoliyatida 8-bor jahonning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi. Bu — rekord. 

Top-5dan "Manchester Siti"ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand (2), "PSJ"ning fransiyalik vingeri Kilian Mbappe (3), "Manchester Siti"ning belgiyalik havbeki Kevin de Bryuyne (4) va ispaniyalik tayanch yarimhimoyachisi Rodri (5) ham o‘rin oldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish