Andijon viloyati Paxtaobod tumani Zokir Habibiy mahallasi yoshlar yetakchisi Shavkatbek Madrahimovning faoliyati nafaqat mahalla yoshlarining jamiyatdagi o‘rni va imkoniyatlarini oshirishga, balki kelajagini mustahkamlashga qaratilgan. Yoshlar ishlari agentligi va tuman hokimligi ko‘magida amalga oshirilgan bir qator tashabbuslar, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga, ularning ijtimoiy va iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Zokir Habibiy mahallasida yoshlar soni 595 nafarni tashkil qiladi. Yil boshida o‘tkazilgan xatlovda 46 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga tavsiya etildi. Bu yoshlar ijtimoiy yordamga muhtoj va jamiyatda o‘z o‘rnini topishda qo‘llab-quvvatlashni talab qiladigan guruhdir. Shavkatbek Madrahimov har doim yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga tayanch bo‘lib kelmoqda. Bu esa mahalladagi yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi.
Joriy yilda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan 23 nafar yoshning kontrakt puli to‘landi. 6 nafar yoshga moddiy yordam berildi, 2 nafariga harbiy xizmat badal puli o‘tkazib berildi. 7 nafar yoshning haydovchilik kursida o‘qish, 2 nafarining davolanish xarajatlari qoplab berildi. 6 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratildi. Bu yordamlar yoshlarning ta’lim, sog‘liqni saqlash va iqtisodiy holatini mustahkamlashga, hayotdagi maqsadlariga erishishiga yordam bo‘ladi.
“Bandlik dasturi” orqali 40 nafar yosh ishli bo‘ldi va o‘z oilasini qo‘llab-quvvatlaydigan fuqaroga aylandi. 14 nafar yoshga 15 sotixdan yer maydoni ajratilib, ularning dehqonchilik faoliyatini boshlashi uchun ko‘maklashildi.
Homiylik mablag‘lari yordamida 1 nafar nogiron yoshga quloqchin, 1 nafar yoshga hassa tayoq, 8 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila farzandlariga oziq-ovqat va 2 nafar yoshga kiyim-kechak olib berildi.
Shavkatbek Madrahimovning yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan yondashuvi, mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, yoshlarni kelajakka tayyorlash va ularning turmush sharoitini yaxshilashga katta hissa qo‘shmoqda.
Yetakchining tashabbusi bilan mahallada 100 dan ortiq tadbir va loyiha amalga oshirildi. “Besh tashabbus olimpiadasi”da Zokir Habibiy mahallasi yoshlari tuman va viloyat bosqichlarida munosib o‘rinlarni egalladi. Yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan mahalla binosida kutubxona tashkil etildi. 200 dan ortiq kitob olib kelindi va haftada ikki kun mahalla yoshlariga o‘qish uchun sharoit yaratildi.