Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Mahalladagi yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi boshlandi

15.9.2023 1020

Elbek Shoyimov

Xabaringiz bor, hududlarda "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumi doirasidagi sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar keng qamrovda tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 15-sentyabridan esa respublikamizning barcha hududlarida mahalladagi yoshlar o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumi boshlandi.  Jumladan, mazkur musobaqalar Bo‘stonliq tumanidagi 13-sonli umumta’lim maktabida namunali tarzda tashkil etildi hamda  start berildi.

Musobaqani ochilishiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati "Besh tashabbus" loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Olimov so‘z olib,  ishtirokchilarga omad tiladi.  

Eslatib o‘tamiz, olimpiadaning ushbu mavsumi sentyabr-dekabr oylarida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, unda yoshlar san’at, madaniyat, sport, kitobxonlik va intellektual o‘yin yo‘nalishidagi musobaqa va tanlovlarda ishtirok etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish