Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Mahallamiz chempionlari

4.5.2023 837

Husniddin HAKIMOV, Andijon tumanidagi “Kengash” mahallasi yoshlar yetakchisi

Samarqand shahrida yoshlar hamda o‘smirlar o‘rtasida baydarka va kanoeda eshkak eshish, shuningdek, parakanoe bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekiston yoshlari umumiy hisobda 26 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Parakanoechi vakillarimiz esa 4 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida uchinchi bo‘lishdi.

Quvonarlisi, Osiyo chempionati bahslarida mahalladoshimiz, Andijon tumanidagi 42-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Tursunoy Umaraliyeva 500 metrga C4 jamoaviy bahslarda Osiyo chempionligini qoʻlga kiritgan boʻlsa, 200 metrga C2 ikki kishilik qayiqlardagi bellashuvlarda bronza medalni qoʻlga kiritib, Vatanimiz bayrogʻini  yuksaklarga koʻtardi.

Qoʻlga kiritilgan bu medal mahallamiz yoshlari uchun kutilmagan sovgʻa boʻldi. Tursunoy 2 yildan buyon kanoeda eshkak eshish bilan shugʻullanadi. Koʻp karra Oʻzbekiston chempioni, Milliy terma jamoa aʼzosi ham.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish