Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

MAHALLAMIZ TAYANCHI

1.12.2022 533

Husanboy UBAYDULLAYEV, Oltinko‘l tumanidagi “Mirobod” mahallasi yoshlar yetakchisi

Xorijiy tillarni yaxshi bilganim va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ul­langanim bois 2017-yili Andijon shahar markazida xorijiy tillar va Ay-Ti sohasiga ixtisoslashgan “Dream High” NTT o‘quv markazini tashkil qildim. Markazda 9 ta xori­jiy til va Ay-Ti sohasini o‘rganishni istagan 200 nafarga yaqin o‘quvchilar taʼlim olmoqda.

Mahalla yoshlar yetakchisi la­vozimiga tayinlaganimdan so‘ng yoshlarning xohish-istaklarini o‘rgandim. Ko‘pchilik yoshlar xorijiy til va Ay-Ti sohasini o‘rganishga qiziqishi borligini bildirdi. Ammo bunday markazlarda taʼlim olish uchun viloyat markaziga qatnash qimmatlik qilayotganini aytishdi. Mahallamiz yoshlarining uzog‘ini yaqin qilish, ortiqcha xarajatlarning oldini olish maqsadida ma­hallamizda “Dream High” NTT o‘quv markazining filialini tashkil qildim. Hozir mahallamizdagi 100 nafarga yaqin yoshlar shu markazda o‘zlari qiziqqan sohada bilim olmoqda. Ular orasida kam taʼminlangan, ij­timoiy himoyaga muhtoj, nogiron yoshlarga bepul taʼlim berib kel­yapmiz.

Mahallamiz yoshlarining bu or­zusi amalga oshgach, ular hududimizda zamonaviy kutubxona ham tashkil qilish taklifini berdi. Haqiqa­tan, mahallamizda kutubxonaga ehtiyoj bor, maktab kutubxonasi­da esa yoshlarni qiziqtirgan kitoblar topilmaydi. O‘ylab ko‘rib, bu taklifni mahallamiz tadbirkorlari­dan biri Abdulhoshim Ismoilovga yetkazdim. U kishi mahallamizda zamonaviy kutubxona tashkil etish­ga rozi bo‘ldi. Oradan 3 oy o‘tar-o‘tmas yoshlarimiz orzusidagidek kutubxona qurib bitkazildi. Hozir yoshlar ziyo maskanidan xohlagan kitobini topib, o‘qishi mumkin.

Mahallamizdagi muammolar­ni bartaraf etishda doim tadbir­korlarga suyanaman. Faoliyatimni boshlagan kezlarim mahallamizda istiqomat qiluvchi II guruh nogironi Ibrohim Tursunov uy-joyga ehtiyoji borligi, shu bois oilasida doimiy jan­jallar bo‘layotgani sabab yordam so‘rab murojaat qildi. Masalaga yechim izlab, hokimlikdan yordam so‘radim. Ular uy-joyning bosh­lang‘ich to‘lovini subsidiya asosida to‘lab beramiz, qolgan summasini kredit qilib 20 yil muddat davomida to‘lashi mumkin deyishdi. Bu javob meni qoniqtirmadi. Oila boquvchisi nogiron bo‘lsa, kreditni kim to‘laydi, deb o‘yladim. Boshqa bir iloj topish uchun yana mahallamiz tadbirkor­laridan biri Buzaynab Rahmatova­dan yordam so‘radim. U kishi yer bo‘lsa, o‘z hisobidan uyni ko‘tarib, taʼmirlab berishini aytdi. Hokim­likdan 2 sotix yer olib, 5 oy mud­datda barcha sharoitlarga ega bo‘lgan 3 xonali uyni qurib, Tursu­novlar oilasiga topshirdik.

Mahallamiz yoshlarining sport­ga qiziqishi juda baland. Boisi har bir musobaqa ishtirokchilarini doimo rag‘batlantirib kelyapman. “Besh tashabbus olimpiadasi”ning har ikki mavsumida ham mahalla­miz yoshlari faol qatnashdi. Har gal musobaqalar katta tantanalar­ga aylanib ketdi. Bundan tashqari, mahallamizda haftaning dam olish kunlari biror sport turi bo‘yicha mu­sobaqa yoki intellektual bellashuvlar tashkil etib kelyapman.

Mahallamiz yoshlarining bandligini taʼminlashga ham alohida e’tibor qaratyapman. Shu kunga qadar 53 nafar yigit-qiz “Yosh­lar daftari”ga ro‘yxatga olin­di. Ularning 23 nafariga imtiyozli kredit ajratilgan bo‘lsa, 18 nafari auksionda qatnashib, 15 sotixli yer maydonidan 10 yil davomida foy­dalanish imkoniga ega bo‘ldi. 5 na­fariga moddiy yordam ko‘rsatilib, yana 3 nafariga subsidiya asosi­da asbob-uskunalar ajratildi. Qol­gan 4 nafar yosh ham o‘z qiziqishi bo‘yicha yordam olish arafasida.

Ajratilgan imtiyozli kreditlar, ko‘rsatilgan ko‘mak sabab bugun mahallamizda bir qancha yosh tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Umid qilamanki, kun kelib ular ham mahallamiz koriga yaraydigan ish­bilarmon tadbirkorlarga aylanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish