“O‘zsuvta’minot” respublika miqyosida hududlar kesimida aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha infografika taqdim etdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahri 97,7 foiz ko‘rsatkich bilan yetakchi o‘rinda bo‘lsa, eng quyi natija — Qashqadaryo viloyatida 59,4 foizni tashkil etmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha:
Andijon viloyatida – 90,9 foiz
Buxoro viloyatida – 73,2 foiz
Jizzax viloyatida – 70,4 foiz
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 72,4 foiz
Farg‘ona viloyati – 79,4 foiz
Xorazm viloyati – 90,4 foiz
Samarqand viloyati – 75,4 foiz
Namangan viloyati – 82,7 foiz
Sirdaryo viloyati – 86,9 foiz
Surxondaryo viloyati – 62,9 foiz
Toshkent viloyati – 79,4 foiz.