Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Mardlar maydonda sinaldi…

16.5.2023 909

Otabek QOBILOV, Chust tumani Tinchlik mahallasi yoshlar yetakchisi

Harbiy xizmatchilar va ular oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasi yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar doirasida oilalarni mustahkamlash, maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash maqsadida Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan “Namunali harbiy oila” koʻrik-tanlovi alohida ahamiyatga egadir. Darhaqiqat, xalqimizning milliy qadriyatlari oilada oʻzaro hurmat va ishonch, sadoqat tuygʻulari bilan uygʻundir. Har bir ota-ona farzandni dunyoga keltirarkan, uni xalq manfaatini oʻylab, yurtning ertangi kuniga yaraydigan jonkuyar inson boʻlsin deb tarbiyalab, hayot yoʻllarida oʻz oʻrnini topib ketishida muhim rol oʻynaydi.
Chust tumani Gʻova qishlogʻida joylashgan harbiy qism tasarruffidagi boʻlinmalar harbiy xizmatchilarining oilalari oʻrtasida 15-may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Namunali harbiy oila” koʻrik tanlovi tashkil etildi. Tanlov ishtirokchilari “Tanishtiruv”, “Sahna koʻrinishi”, “Bilimdonlar bahsi”, “Osh boʻlsin” shartlari boʻyicha bellashdilar. Tadbirning dastlabki 3 ta sharti Gʻova Madaniyat saroyida tashkillandi. “Tanishtiruv” sharti boʻyicha jamoalar sheʼrlar, milliy raqs, qoʻshiqlar, xalq oʻyinlari va boshqa ijrochilik sanʼati orqali har tomonlama sogʻlom va namunali harbiy oilaga xos boʻlgan jihatlar hamda ularning yutuqlari koʻrsatib berildi. “Sahna koʻrinishi” sharti boʻyicha sahna koʻrinishida ishtirokchilar ichkilikbozlik, "ommaviy madaniyat"ning oiladagi muhitga taʼsiri kabi maʼnaviyat va qadriyatlarimizga yot boʻlgan salbiy illatlar sogʻlom va baxtli oilaga taqqoslandi. Iinsonning huquq, erkinlik va manfaatlari ustuvorligi, hayotiy muammolarning oʻz vaqtida hal etilayotgani koʻrsatib berildi.
“Bilimdonlar bahsi” shartida juftliklarga 30 soniya ichida qiziqarli savollar berildi. Ularning bilim malaka va koʻnikmalari naqadar kuchli ekanliklari yosh avlodga munosib oʻrnak boʻla olishlari yana bir bora oʻz aksini topdi.
“Osh boʻlsin” sharti esa harbiy qismning oʻzida davom ettirildi. “Osh boʻlsin” shartida oila bekalari qoʻl mehnati bilan yaratilgan turli koʻrinishdagi salatlar va taomlarni,namoyish qilishdi. Nafaqat oilada, balki qoʻshnilar eʼtiborida mohir oshpaz nomi bilan dovrugʻ qozongan Abdusattarov Otabek shart davomida oila aʼzosi bilan bor mahoratini ishga solib, bir birini takrorlamas salatlar xamda palovni xam tayyorlab berdi. Bu jarayon ham juda qizgʻin kechdi, bir biridan shirin oshlar tayyorlandi, eng pazanda oilalar aniqlandi. Milliy anʼana va qadriyatlarimiz ruhi aks etgan bellashuvda har bir oila oʻz chiqishi orqali oila maʼnaviyati, madaniyatini eng goʻzal koʻrinishlarda ifoda etib, muqaddas qoʻrgʻonning inson hayotidagi oʻrni va ahamiyatini koʻrsatib berdi.
Eng namunali harbiy oilalar aniqlandi. Sheʼr, qoʻshiq aytish va sahna koʻrinishini ijro etish bobida hatto professionallar bilan bellashadigan ishtirokchilar qobiliyatiga, isteʼdodiga tahsinlar aytildi. Shuningdek, ishtirokchilarning kuy-qoʻshiq va raqslar ijrosi yuksak baholandi.
“Namunali harbiy oila” koʻrik tanlovi natijalariga koʻra:
1-oʻrinni Kichik serjant Asilbek Quvondiqov;
2-oʻrinni Kichik serjant Islomjon Shodmonqulov;
3-oʻrinni Kichik serjant Otabek Abdusattorov qoʻlga kiritishga muvofiq boʻlishdi.
-Xalqimiz mehmondoʻstligi, bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. Oilani muqaddas bilib, uning shaʼni, muvaffaqiyatlari, mustahkamligi uchun kurashadi. Harbiylarning oilalari boshqalarga doim oʻrnak boʻlib kelishini tilayman.Zero bu tanlov va musobaqalar biz uchun toʻgʻrisi aʼlo darajada yakunlandi doʻstona oʻtgan tanlovda garchi oliy oʻrin olmagan boʻlsak-da bizga yanada oʻz ustimizda tinmay izlanish va ishlashga undadi, - deydi Kichik serjant  Islomjon Shodmonqulov.
Tanlov yakunida gʻolib va sovrindorlar Harbiy qism va Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat Markazi Chust tuman Boʻlinmasi tomonidan taʼsis etilgan diplom, faxriy yorliq qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish