Bugun xayolimda shunday fikr charx uryapti: agar o‘smirlik – bahor, yoshlik – yoz, o‘rta yosh – kuz, keksalik – qish bo‘lsa, xo‘sh, unda bolalik nima? Menimcha, bolalik bir vaqtning o‘zida ham bahor, ham yoz, ham kuz, ham qishdir.
***
Qahqahang ham baʼzida ichingdagi iztirobingni yashira olmaydi.
***
Yolg‘on gapirganimda o‘zimdan emas, meni bunga majbur qilgan odamdan nafratlanaman.
***
Eskini yangilash kambag‘allarning, yangisini eskirtirish esa boylarning anʼanasi.