Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Media etikasi: axborotni tarqatish madaniyati

23.1.2025 462

Farangiz QURBONOVA, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-sinf oʻquvchisi

Media etikasi – bu tushuncha axborot vositalari bilan bog‘liq bo‘lib, ularning aniqligi, xolisligi, xavfsizligi va axloqiy me'yorlarga rioya qilishni ta'minlashga qaratilgan qoidalar yig‘indisidir. Aynan, axborot yangilik(xabar)larini tarqatishda ham rostgo‘ylik, aniqlik va tarbiyaviylik alohida ahamiyatga ega.

Bugungi axborot texnalogiyalari rivojlanyotgan davrda media vositalari  hayotimizning ajralmas bir qismiga aylangan. Axborot vostalari orqali tarqatilayotgan yangilik(xabar) larda haqiqatni yoritish va jamiyatni muhim axborot bilan ta'minlash bugungi kunimizning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu borada bir nechta muhim jihatlarni ko‘rib chiqamiz:

Haqqoniylik va aniqlik. Bunda axborotning qay darajada ishonchli va haqiqat ekanligi juda muhim. Boshqalar tominidan yaratilgan materiallar ko‘chirilgan bo‘lmasligi va faktlarni aniq va xolisona berish axborotni aniqligini ta'minlaydi. Plagiat ma'lumotlardan umuman foydalanmaslik zarur.

Adolat va xavfsizlik. Mediani tarqatishda jamoatchilik talabini inobatga olgan xolda ularning manfaatini ko‘zlab ish ko‘rish lozim. Yolg‘on yoki ommaga tahlika soluvchi, maxfiy yoki davlat sirlarini o‘z ichiga olgan ma'lumotlarni tarqatish qonunga zid hisoblanadi.

Sensatsiya emas, mas’uliyat. Ko‘p hollarda tomoshabinni jalb qilish uchun sensatsion ma'lumotlar tarqatiladi. Biroq bu ko‘pincha xabarlar mohiyatini buzadi va ularni noto‘g‘ri talqin qiladi. Oqibatda shu axborot haqida jamiyatda noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘ladi va bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Media etikasi buzilgan holatlarda, ya'ni noto‘g‘ri ma'lumot tarqatish, shaxsiy hayotga tajovuz, tarqatilayotgan video va xabarlarda madaniyatsiz so‘zlarning ishlatilishi, diniy va irqiy ayirmachilik kabi boshqa qonunga xilof holatlar kuzatilishi media tarqatuvchini javobgarlikka tortishga sabab bo‘lishi mumkin.

Noto‘g‘ri ma'lumot tarqatish – ishonchsiz va soxta yangiliklar orqali odamlarni chalg‘itish bo‘lib, bunda tarqatilayotgan yangilikni davlat axborot organlari va axborot xizmati yoki tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan shaxs tasdiqlamagan bo‘lsa tarqatuvchi shaxs asossiz axborot tarqatgani uchun O‘zbekiston qonunchiligida ko‘rsatib qo‘yilgan ma'muriy javobgarlikka tortilishi va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarimaga tortilishi aytilgan. Bunda tarqalgan axborot saviyasiga qarab jarima oshishi mumkin. Agar bunday holat yana takrorlanishi kuzatilsa, jinoiy javobgarlikka tortilishi va ozodlikni cheklash jazosi ham qo‘llanilishi mumkin.

Masalan, biror mashhur shaxs yoki oddiy fuqaro haqida shaxsiy ma'lumotlar uning ruxsatisiz, sur’at, tibbiy ma'lumotlar yoki oilasi haqidagi xabarlar tarqalsa bunday ma'lumotni tarqatuvchi shaxs qonunga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Yangilik, xabar, media bir so‘z bilan aytganda axborotni tarqatishda har tomonlama o‘ylash va fikrlash kerak. Mas'uliyat bilan yondashgan holda uning haqqoniyligiga, aniqliligiga, adolatliligiga, xavfsizligiga va odob doirasida ekanligiga e'tiborli bo‘lish talab qilinadi.

Axborotni tarqatishda voyaga yetmagan, imkoniyati cheklangan, kam taminlagan va davlat himoyasidagi shaxslarning ma’lumotlarini taqatishda ehtiyotkor bo‘lish lozim. Bundan tashqari davlat siyosatiga oid xabarlarni, xalqaro munosabatlar va millatlar o‘rtasidagi ziddiyatli holatlarni asossiz va ruxsatsiz tarqatish ham jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkin.

Agar axborotni tarqatishda ehtiyotkor bo‘lsak, ma'lumot odindan o‘rganib chiqilgan va ishonch hosil qilingan, saviyali va foydali bo‘lsa ko‘pgina muammolarning kelib chiqishini oldini oladi. Xolislikni saqlash, bir taraflama fikrlarni chetlab o‘tish va axborotni tushunarli, aniq shaklda jamiyatni yetkazib berish ham muhimdir.

Ommaviy axborot vositalarida axloqsiz so‘zlarning qo‘llanilishi va jamiyatda noto‘g‘ri tushuncha paydo qilish ham media etikasi buzilishiga olib keladi. Shunday ekan tarqatilayotgan yangilik axborot va medialarga e'tiborli bo‘lish juda muhim va zarurdir. Zero, to‘g‘rilik davr talabi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish