Yoshlar ishlari agentligi “Sharoit Plyus” Toshkent shahar nogironlar jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida media savodxonlik kurslariga qabul e’lon qiladi.
“Media plus” media savodxonlik kurslarida siz:
– Ommaviy axborot vositalari xabarlarini tahlil qilishni, noto‘g‘ri va “fake” xabarlarni aniqlashda o‘z tanqidiy fikrlash qobiliyatlaringizni shakllantirishni;
– Media va uning turlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishni, ularning manbalarini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishni;
– Ommaviy axborot vositalarining yangi tendensiyalari va blogerlik haqida o‘rganish bilan birga o‘z kontentingizni yaratish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Kurslarda ishtirok etish mutlaqo bepul. Ishtirokchilar tanlov asosida qabul qilinadi.