Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Metro bekatida ilk marotaba kaftni skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi

1.12.2023 609

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent metropolitenining “Xalqlar do‘stligi” bekatida ilk marotaba kaftni skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi.

Toshkent metropolitenidan foydalanganda yo‘l haqqini to‘lash uchun  bank kartalari, transport kartalari yoki QR-kodli chek olishning hojati qolmayapti. O‘tish joyida UZINFOKOMning - Palm ID, tomirlar tasviriga asoslangan identifikatsiyalash yangi biometrik loyihasi ishga tushirildi.  

Kaftingizni skaner ustiga tutasiz va tizim sizni identifikatsiya qiladi. Sizdan avtomatik tarzda to‘lov yechib olinadi. Buning uchun siz bir necha daqiqa sarflab, dastur orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritishingiz zarur.  

Jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil ilova ham ishga tushirilgan. Mobil ilova orqali virtual karta ochilib, pul mablag‘i bilan to‘ldiriladi. Shundan so‘ng to‘lov uchun kaftingiz kifoya qilib, hech qanday internetsiz, karta yoki,  QR-kodli cheklarsiz to‘lovni amalga oshira olasiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish