Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

50 nafar migrant mahallaga qaytdi

14.5.2024 396

Fotima DEHQONOVA, Samarqand viloyati Payariq tumanidagi “Toshhovuz” mahallasi yoshlar yetakchisi

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari va vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida yoshlar yetakhilari faoliyati tashkil etildi. Prezident qaroriga muvofiq, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shahar va shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilishi belgilangan.

Yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ishlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbusini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish yetakchilarning asosiy vazifasi sifatida qayd etildi. Navqiron avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual jihatdan kamol topishi va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, yetakchilarning o‘ziga biriktirilgan mahallalarda maqom, baxshichilik va estrada bo‘yicha tanlovlar, “Salomatlik uchun 5 000 qadam” yurish marafoni hamda “Yosh ekolog” aksiyasini o‘tkazishi, shu bilan birga, mini futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish bo‘yicha musobaqalarini tashkil etishi zarurligi ta’kidlandi.

Bizning Payariq tumani “Toshhovuz” mahallamiz misolida aytadigan bo‘lsam, shu davrga qadar, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturi”ning amalga oshirilishi natijasida 46 nafar yoshning bandligi ta’minlandi, 16 nafar imkoniyati cheklangan va tibbiy yordamga muhtoj yoshlar doimiy nazoratga olindi. “Yoshlar daftari” jamg‘armalarida mahalliy byudjetning orttirilgan qismining 15 foizi va ijro hujjatlariga oid undiruvlar hisobidan mablag‘ shakllantirildi. Bu mablag‘lar hisobidan 79 nafar yoshga ijtimoiy-moddiy yordam hamda bandligini ta’minlash maqsadida mehnat qurollari va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatildi.

2022-yil “Yoshlar daftari”dan yordam olgan yoshlar soni 25 nafar, ya’ni 4,58 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2023-yil 10,6 foizga oshdi. Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 550 million so‘m miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish orqali 25 nafar yoshga imtiyozli kreditlar ajratildi.

2022-yilda mahallamizdan 66 nafar yosh tashqi migratsiga chiqib ketgan bo‘lsa, o‘tgan vaqt davomida ularning 50 nafarini mamlakatimizga qaytarish, ish bilan ta’minlashga muvaffaq bo‘ldik. Ayni paytda 16 nafar yosh chet elda ishlamoqda. Ularni ham yurtimizga qaytarish harakatidamiz.

Bugun mahalla yoshlar yetakchisi Prezident va yoshlar o‘rtasida chin ma’nodagi vositachi, vakilga aylandi. Yoshlar muammolari mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan mahallaning o‘zida hal etilmoqda.

 

 

 

 

 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish