Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Endi migrantlarga kompensatsiya to‘lanadi: talablar qanday?

27.5.2024 299

Yoshlar ovozi

Joriy yil 1-iyundan qonunchilikka ko'ra “Xorijda ish” mehnat migrasiyasi elektron dasturiy majmuasida ro'yxatdan o'tgan va tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasiga ketayotgan fuqarolarga quyidagi kompensatsiyalar to‘lanadi.

Bu haqida Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bunda:

xorijiy tillar yoki kasb bo'yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda – BHMning 3 baravarigacha (1 mln 20 ming so'm) miqdorda;

xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 5 baravarigacha (1 mln 700 ming so'm) miqdorda;

yo'l chiptasini xarid qilish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravarigacha (680 ming so'm) miqdorda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish