Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va mehr-oqibat, saxovat kabi ezgu qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan Navro‘zi olam eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi.
Xiva shahridagi “Sangar” mahallasida bayram munosabati bilan sumalak sayli tashkil qilindi. Unda keksa onaxonlarimiz tomonidan qadimiy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi chiqishlar tashkil etilib, yaxshi niyatlar bilan sumalak tayyorlandi.
– Bu kabi tadbirlar insonlarning bir-biriga bo‘lgan mehr-oqibatni yanada mustahkamlaydi deydi, – Xiva shahridagi “Sangar” mahallasi raisi Z.Ibragimova. – Tadbirda mahalla yoshlari ham faol ishtirok etishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki, bu farzandlarimiz qalbida qadimiy urf-odatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshiradi.
Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xiva shahar bo‘limi tomonidan nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand oilalar va nuroniy onaxonlar holidan xabar olinib, bayram sovg‘alari topshirildi.