Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Miya qachon dam olishi kerak?

19.7.2023 5038

Ziyoda RAHIMBOYEVA tayyorladi.

Olimlarning uzoq muddatli kuzatuvlari shuni ko‘rsatmoqdaki, inson miyasi mukammal reja asosida ishlaydi. Dam oladigan vaqt ishlashga majbur qilib yoki aksincha, unumli mehnat fursatini keraksiz mashg‘ulotlarga sarflab, uni faqat zo‘riqtirasiz yoki samaradorlikni tushirasiz.

Eʼtiboringizni quyidagi yo‘riqnomaga qarating va kun tartibi tuzishda eʼtiborga oling, muvaffaqiyatli natija sizni ko‘p kuttirmaydi!

Tonggi 6:00 dan 7:00 gacha – bu vaqtda miyada eslab qolish va xotiraga muhrlash funksiyasi faollashadi. Ayniqsa, tunda to‘yib uxlagan bo‘lsangiz, katta hajmli lug‘at, qoida yoki matnlar mazmunini uzoq muddatga eslab qolishingiz mumkin, sinab ko‘rasizmi?

 8:00 dan 9:00 gacha – miya faol va samarali ishlay boshlaydi. Ertalabki nonushta va badantarbiyani kanda qilmaydiganlar toifasidan bo‘lsangiz, bu ko‘rsatkich sizda yana ham yuqori bo‘lishi aniq!

9:00 dan 10:00 gacha – diqqat jamlashni talab etadigan ishlar: statistika to‘plash, maʼlumotlarni tartibga solish, tahlil qilishning ayni vaqti!

11:00 dan 12:00 gacha – aqliy mehnat samaradorligi nisbatan pasayadi, demak, ish yoki dars tayyorlash stolidan biroz uzoqlashib, dam olishingiz yoki ovqatlanishingiz mumkin.

12:00 dan 18:00 gacha – miya faol mehnat va jismoniy mashqlarga shay!                                 

19:00 dan 21:00 gacha do‘stlar va oila davrasida muloqot qilish, kechki sayr uchun eng munosib palla.                                                                                              

21:00 dan 23:00 oralig‘idagi vaqtni esa mutaxassislar eng to‘yimli uyqu vaqti deb taʼkidlaydilar. Bunda miya va asab tizimi bilan birga, inson tanasi ham tiniqib dam oladi. 

Maʼlumki, uyqu soatlari har kimning yoshidan kelib chiqib belgilanadi. Uning ko‘pi ham, kami ham zarar bo‘lishi mumkin. Kelasi maqolalarda uyquni to‘g‘ri tashkillashtirish, uning yoshlar uchun ahamiyati haqida suhbatlashamiz, “Sog‘lom yoshlik” ruknini  kuzatib boring!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish