Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

MOMOMNING SUPASI

23.5.2023 622

Nilufar ERGASHEVA, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi

Ayting, qaylarga boshlar

Koʻzlarimda qayiqlar.

Yashasin yetti avlod

Otam qazgan ariqlar.

Gullarmikan boʻstonda

Koʻllarda oʻsgan qamish.

Yurtim, yiqilsang agar

Togʻlar qir boʻlib qolmish.

Sollanadi archalar

Choʻqqilarning pastida.

Vatan qaygʻuda yotar

Momomning supasida.

Soʻylamas nechun tillar,

Jimdir qayragʻochlari.

Bezorilar tortqilar

Vatanimning sochlarin...

Asraysiz-a, asraysiz

Sevsangiz bir qizchalik.

Qizgʻonmaysiz, nahotki

Bitta singlingizchalik.

 

Sollanadi archalar

Choʻqqilarning pastida.

Vatanni qoʻrquv bosar

Momomning supasida.

“Vatan – shaʼnim, gʻururim”,

Degan otalar qani?

Vatan chun urib koʻksin

Soʻzin otarlar qani?

Buyuk Oʻzbekistonga

Mard otalar, egadir.

(Seni xafa qilganni

Qulogʻini choʻzaman -)

Demayapti negadir.

Toshin qizgʻonar togʻlar

Choʻqqilarning bastida.

Vatan yigʻla-aaa-ab oʻtirar,

Momomning supasida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish