Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Muallaq lahza”

10.7.2023 3669

Nargiza Odinayevaning “Muallaq lahza” sheʼriy toʻplami nashrdan chiqdi. 

Kitob Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan. Loyiha rahbari Sirojiddin Sayyid, masʼul muharrir Maʼmura Zohidova.

Shoiraning ushbu kitobiga jam boʻlgan sheʼrlarida chechan oʻzbek qizining toza va shiddatli ruhi, yorugʻ dardlari, teran mushohadasi – milliy timsollar asosida badiiyat kasb etadi. Ularga hamnafas boʻlmoq oʻqirmanni hayrat bilan roʻbaroʻ keltirishi shubhasiz.

Nargiza Odinayeva 1988-yil 28-fevral kuni Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.

Ijodiy faoliyati davomida yaratilgan “Yoʻldagi maktublar”, “Toʻrt tomon” nomli sheʼriy kitoblari, “Surxonning yosh ijodkorlari”, “Teran ildizlar”, “Kenglik ohanglari”, “Istiqlol farzandlari” kabi qator almanax va bayozlarga kiritilgan ijod namunalari mutaxassislar va kitobxonlar eʼtirofiga sazovor boʻlgan.

Ijodkor “Kelajak ovozi” tanlovi viloyat bosqichi gʻolibi. “Isteʼdod maktabi” III respublika yosh ijodkorlar seminari ishtirokchisi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

Kitob 1000 nusxada chop etilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish