Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Muammoli kreditlar (NPL)

8.11.2023 523

@bankmijoz

Bank tizimida muammoli kreditlar (NPL) ulushi 2023-yil 1-oktabr holatiga 3,7 foizni (16,8 trillion so‘m) tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 foiz bandga pasaygan.

Hisobot sanasiga NPLning 60 foizini milliy valyutadagi va 40 foizini xorijiy valyutadagi kreditlar tashkil etgan bo‘lsa, mijozlar qirqimida 22 foizi jismoniy shaxslar va 78 foizi korporativ mijozlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarda NPL ulushi 2,6 foizni tashkil etib, bunda:

◦ iste’mol kreditlari bo‘yicha – 8,5 foizni (75 milliard so‘m);

◦ ipoteka kreditlarida – 1,5 foizni (804 milliard so‘m);

◦ mikroqarzlarda – 1,6 foizni (336 milliard so‘m);

◦ avtokreditlarda – 0,7 foizni (273 milliard so‘m) tashkil etgan.

 

Kredit qo‘yilmalarida NPL ulushi tarmoqlar qirqimida:

  • uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishda – 9,2 foiz;
  • savdo va umumiy xizmat sohasida – 7,7 foiz;
  • qurilish sohasida – 7,6 foiz;
  • qishloq xo‘jaligida – 5,7 foiz;
  • sanoat sohasida – 3,6 foiz darajasida shakllangan.

PS: Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan mazkur hisobotda aholi tadbirkorligi uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha NPL ko‘rsatkichi aks ettirilmagan. Mazkur yo‘nalishda ajratilgan kreditlar qoldig‘i 1-oktabr holatiga 17,1 trillion so‘mni tashkil etgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish