Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi ilk medallarini qoʻlga kiritdi.
-81 kg vazn toifasida bahs olib borgan Muhammadqodir Toshtemirov dast koʻtarish mashqida 164 kg natija bilan oltin medalga ega chiqdi.
Siltab koʻtarishdagi 188 kg unga mazkur yoʻnalishda medal taqdim qilmadi. Ammo u ikki kurash hisobida 352 kg bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar:
Oskar Martines (Italiya) — 356 (163+193) kg
Rahmat Abdulloh (Indoneziya) — 354 (145+209) kg
Muhammadqodir Toshtemirov (Oʻzbekiston) — 352 (164+188) kg.
Musobaqa 4-sentabrdan beri davom etmoqda, shu kunga qadar musobaqada qatnashgan Sarvarbek Zafarjonov, Adhamjon Ergashev (2019-yilgi jahon chempioni) va Doston Yoqubovlarga medal nasib etmadi.
Turnir davomida yana Sharofiddin Amriddinov, Ruslan Nuriddinov (Olimpiya chempioni), Akbar Joʻrayev (Olimpiya chempioni) va Rustam Jangaboyevlar oʻz kuchini sinab koʻradi.