Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Mulohaza: Ko'rsatuvlar va kinolar bizni qayoqqa yetaklamoqda?

27.11.2023 332

Madina Po'lat qizi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda “Buxorolik erkak “Yor-yor” ko'rsatuvi orqali tanishgan ayolni o'ldirib qo'ydi” sarlavhali xabar tarqaldi. Men bu mash'um xabardan dahshatga tushdim. So'ngra o'zbek telekanallari orqali efirga uzatilayotgan ko'rsatuvlarni va badiiy fil'mlarni bir necha kun kuzatdim.

Pirovardida quyidagi xulosaga keldim: ba'zi dasturlarni va milliy kinolarni oila davrasida ko'rib bo'lmaydi. Ularning asosiy mavzulari ikki xotinlilik va qaynona-kelin mojarosi, yostiqdoshiga xiyonat kabi masalalardan iborat. 

MY5 kanalida berilayotgan “Ochiqchasiga gaplashamiz” shousida yosh qiz o'zi qanday zo'rlanganini bemalol so'zlab berdi. Ko'rsatuvning boshqa qismida qaynota kelinining nomusiga qay yo'sinda tekkani ochiq-oshkora bayon etildi. Shu tariqa kimlarningdir axloqiy buzuqligi xalqqa namoyish qilindi. 

ZO'R Tvdagi “Yor-yor” ko'rsatuvida esa 50-70 yoshli qariyalar “Menga er kerak!”, “Menga xotin kerak!” deb baralla aytishadi. Ular tilga olayotgan ba'zi voqealarni eshitsangiz, kulishingizni ham, kuyishingizni ham bilmay, boshingiz qotadi. 

Holbuki, televizorni millionlab odamlar, demakki, keng jamoatchilik ko'radi. Modomiki, shunday ekan, bunday bema'ni ko'rsatuvlar va tuturiqsiz fil'mlar ularning ongiga qay darajada salbiy ta'sir qilmoqda? Biz shu xususda psixolog Sevara Ravshanovna bilan suhbatlashdik. Quyida uning fikr-mulohazalarini e'tiboringizga havola qilamiz.

Darhaqiqat, hozirgi kinolardan ba'zilarining badiiy saviyasi past, ayrimlarida muammo bo'rttirib yuborilgan holatlar ham mavjud. Inson esa tabiatan hissiyotlarga beriluvchan bo'ladi. Shu bois ba'zi kishilar bunday kinoni ko'rsalar, o'zi bilmagan holda uning ta'siriga tushib qoladilar. Gohida jahl otiga minib, yon-atrofidagilarga o'sha holatni namoyon eta boshlaydilar. 

Bizning kinoijodkorlarimiz shuni bila turib, odamlarni tinchlanishga yoki boriga qanoat qilib yashashga undovchi asarlar o'rniga yomon odamlar doim borligini miyaga har bir oilada albatta yomon kelin obrazi va yomon qaynona yoki yomon erkaklar borligini ongiga singdirib borish holatlar yuzaga kelyabdi bu sekin-astalik bilan yillar davomida o'z natijasini korsatadi va aytib o'tganimdek insonlarni atrofga nisbatan g'azabini va jaxildorligini kuchaytirib. Ko'rsatuvlar ko'p hollarda aynan oxirida maqsad nima ekanligi noaniq ya'ni bu ko'rsatuv orqali nimani tushuntirishmoqchi edi nimani ommaga olib chiqarmoqda ommaga olib chiqilayotgan narsa shunday bo'lishi kerakki insonlarga ta'sir darajasi qanday ya'ni ko'rsatuvlarning reyting darajasi qandyligiga emas, aksincha ularni sifatiga etibor qaratishimiz kerak. Ba'zi bir ko'rsatuvlarimiz bor albatta ular chiroyli yaxshi va insonga ma'naviy ozuqa berishni ko'rsatib berishmoqchi bo'ladi lekin bunaqa ko'rsatuvlar kam. Ko'p hollarda insonlar kinolarni ko'rganda emotsiya hissiyotga beriladi va o'sha kino obrazida yashaydi. Va o'zini hayotini ozi bilmagan holatda o'sha obraz bilan taqqoslash tiradi va oilada keyin ongsizlik darajasida janjal kelishmovchiliklar yuzaga kelishni boshlaydi. Umuman olganda kino va ko'rsatuvlarini ko'rishda qiziqish bormi? demak inson undan o'zini emotsiyasiga chegara qo'yishni bilish yani qanday chegara qilish kerak hissiyotlarga berilmasdan obrozga o'zini qo'ymasdan men nima qilgan bo'lardim, menda ham shunday bo'lishi kerak degan fikrga berilmasdan shunchaki dam olish hordiq chiqarish maqsadida ko'rsa bo'ladi, lekin berilib ketib kinoda qaysidir obrazni qoralab qaysidir obrazda yashashni orzu qilish bu ong ostiga aytayotganimdek agressor g'azab shu jahldorlik holatlarini o'zi bilmagan hollarda yozib qo'yadi va yillar davomida oilasida keyin tushunarsiz kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Aytishim kerakki, hamma narsa muhitga qarab o'zgaradi.

“Yakshanba” fil'mi uchun “Shanxay xalqaro kinofestivali”da oltin kubogi bilan taqdirlangan rejissyor Shokir Xoliqov suhbat qildik. 

– Yana shuni aytishimiz kerakki, avvalgi kinolar bilan hozirgi kinolarni yer bilan osmoncha farq bor. “Osmondgi bolalar”, “Shum bola”, “Mahallada duv-duv gap”, “Kelinlar qo'zgoloni”... Bu kinolarni ko'rgan sayin ko'rgingiz keladi, sof muhabbat, do'stlik, insoniylik tuyg'ulari yaqqol ko'rishingiz mumkin. Tepada aytganimizdek, ba'zi kinolar ochiqchasiga fahshni odamlar ongiga singdirmoqda.

Bugungi kinolarning saviyasi nega avvalgidek qayta-qayta ko'riladigan kinolardek yemas. Sayoz seriallar ko'payib ketishiing boisi nimada? 

– Hozirgi kino va serialllarning saviyasiga albatta rejissyorga borib taqaladi, – deydi rejissyor Sh. Xoliqov. – Tolstoyning bir gapi bor «Kimni tushunsang shunga tengsan» degan. Ya'ni, kim nima ishlab chiqarsa saviyasi ham shunga teng bo'ladi. Bugungi kunda hamma kino olish imkoniyatiga ega, menimcha shuning uchun ham saviyasiz kinolar ko'payib, muammolarga duch kelayotganddirmiz. Siz tepada aytgan “Osmondagi bolalar”, “Shum bola”, “Mahallada duv-duv gap”, “Kelinlar qo'zg'oloni”, “Temir xotin” kinolarni kuchli mutaxxassislar tomonidan olingan bo'lib. Bu kinolar uchun katta mablag' ajratilgan har bitta kasbning o'z mutaxasissi shug'illangan. Hozirgidek duch kelgan odam kino yoki serial olavermagan, duch kelgan odam ro'l o'ynab ketavermagan. Hozirda kichik mablag'ga ham kino olayotgan va biznes sifatida qaraydigan odamlar soni ko'payib ketdi. Balki, muammo ham shundadir. To'g'ri kino biznes bo'lishi mumkin, ammo unga biznes maqsadida qarash kerak emas. Kino ishlab chiqarib undan foyda olish mumkin, lekin foyda olish uchun kino olish g'alati tushuncha men uchun. 

Tomoshabin nimani bersa, shuni qabul qiladigan qatlam hisoblanadi. Masalan, yomon narsa bersa ham ko'radigan tomoshabin topiladi. “Tomoshabinda ayb yo'q, ayb bizda” - degan Stanislavskiy. Samimiyat yo'qolib borayotgani haqida aytgan ekansiz, hozirgi paytda hayotdda ham topish qiyin bo'lib qoldi, meni tushunishim bo'yicha. Avvallari songa emas sifatga qaralgan bo'lsa hozir esa, uning teskarisi bo'layotganini ochiqcha aytishimiz kerak. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish