Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Eng ko'p tashrif buyuruvchilarga ega muzey qaysi?

24.5.2024 400

Yoshlar ovozi

O’tgan yil davomida jami muzeylarga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligima'lum qildi. Eng ko’p tashrif buyurilgan muzeylar reytingida birinchilikni Registon ansambli band qilgan.

2023-yil eng koʻp tashrif buyuruvchilarga ega boʻlgan mamlakatimizdagi TOP-5 ta muzey bilan tanishing:

  • Registon ansambli – 1 010,8 ming kishi;
  • Samarqand davlat muzey qoʻriqxonasi – 1 006,6 ming kishi;
  • Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi tarkibidagi Shon-sharaf davlat muzeyi – 648,5 ming kishi;
  • Xiva Ichanqalʼa davlat muzey qoʻriqxonasi – 448,4 ming kishi;
  • Buxoro davlat muzey qoʻriqxonasi – 390,3 ming kishi.

Ma'lumot uchun, 2024-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, O'zbekistondagi jami muzeylar soni 240 tani tashkil etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish