Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekistonda narkojinoyat sodir etgan yoshlar soni yildan yilga o‘sib bormoqda

14.6.2024 85

Yoshlar ovozi

Oliy Majlis Senati qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan ishchi guruh yig‘ilishida O‘zbekistonda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar isteʼmolining oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati muhokama qilindi. 

Qayd etilishicha, so‘nggi uch yil (2021—2023-yillar) mobaynida mazkur yo‘nalishda 25 mingga yaqin jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 17 mingdan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 5 mingga yaqini (30 foiz) 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni tashkil etgan.

Tahlillarga ko‘ra, narkojinoyat sodir etgan yoshlarning soni yildan yilga o‘sib bormoqda. Xususan, 2021-yilda bunday jinoyatlar sodir qilganlarning 23 foizni yoshlar tashkil qilgan bo‘lsa, 2022-yilda 24,6 foizga, 2023-yilda esa 31,2 foizga yetgan.

Internetda psixotrop moddalar savdosiga ixtisoslashgan 52 ta axborot resursi aniqlangan. Ularning 14 tasi veb-saytlarni, 38 tasi esa Telegram messenjerini tashkil etgan. Ta’kidlanishicha, Telegram kanallari orqali 120 mingga yaqin foydalanuvchi qamrab olingan.

Muhokama jarayonida ishchi guruh aʼzolari tomonidan giyohvandlik va zaharvandlikka qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish zarurligi, xususan, unda javobgarlik masalasini qayta ko‘rib chiqish lozimligi qayd etildi hamda tegishli takliflar ishlab chiqilishiga kelishib olindi, — deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish