Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Navoiyda startapchilar uchrashuvi

30.10.2023 349

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan startap tanlovlari g‘oliblari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda “Softex” kompaniyasining rahbari Sarvarbek Hasanov startaplarning asosiy xususiyatlari va biznes modellari haqida talabalarga tushunchalar berdi.

“Softex” Navoiy viloyatidagi yetakchi IT kompaniyasi bo‘lib, bugungi kunda 20 dan ortiq dasturchilar ish olib bormoqda va ular tomonidan asosan biznes jarayonlarini avtomatlashtiruvchi dasturlar yaratilayapti.

Uchrashuvda universitet prorektori To‘lqin Nurmurodov hamda Vengriyaning Mishkols universiteti PhD doktoranturasini tamomlab, bugungi kunda NDKTu dotsenti vazifasida faoliyat olib borayotgan Oxunjon Sayfidinovlar ham so‘zga chiqdi va mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish