Navoiy viloyati markazida joylashgan "Farhod" madaniyat saroyi maydonida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Yangi nafas” yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi.
Tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni qutladi va musobaqani ochib berdi.
Mazkur ommaviy sport tadbirida yugurish havaskorlari, sportchilar, talabalar, harbiylar, yoshlar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Musobaqa yakunida “Eng keksa erkak ishtirokchi”, “Eng keksa ayol ishtirokchi”, “Eng yosh oʻgʻil bola ishtirokchi”, “Eng yosh qiz bola ishtirokchi” nominatsiyalari hamda tadbirda qatnashgan nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasidagi gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.