Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Navoiylik o‘quvchilarga 50 million so‘m!

29.11.2023 365

Joriy yil 22-24-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ilk bor umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yoshlar ishlari agentligi, Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda respublikaning 10 mingdan ortiq maktablaridan jami 183 ming 324 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

Tanlovning respublika bosqichiga 14 ta jamoadan (har bir hududdan bittadan jamoa) jami 170 nafar o‘quvchi yetib keldi. Har bir jamoa o‘z hududi an’analari, udumlari, ta’limdagi muammolarni yumor orqali sahnaga olib chiqdi.

Tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra, Navoiy shahridagi 2-maktabning “Asia star” jamoasi 1-o‘rinni, Jizzax viloyati Paxtakor tumani 11-maktabning “Yoshlar” jamoasi 2-o‘rinni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 31-maktabning “Boshqacha” jamoalari 3-o‘rinni egalladi. G‘oliblar mos ravishda 50 million, 30 million va 20 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Mavsum kashfiyoti”, “Eng quvnoq qiz”, “Eng quvnoq yigit” nominatsiyalari ham o‘z egalariga topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish