Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

NAVROʻZ SAYLI

20.3.2023 284

Marjona QURBONOVA, “Yoshlar ovozi” muxbiri

Yurtimizning barcha hududlarida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda. Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududida ham Navroʻz sayli o‘tkazildi.

Navroʻz saylida markazning katta futbol maydoni va kamondan oʻq otish zalining ochilishi hamda “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida ramziy daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, varrak sayli va milliy oʻyinlar tashkil etildi.

Tadbirda milliy osh chempionati va sumalak sayli ham boʻlib o‘tdi. “Eng yaxshi palov” tanlovi boʻyicha hududlarga xos palovlar pishirildi. Viloyatlardan kelgan mehmonlarning milliy taomlari oʻrtasida “Koʻklam neʼmatlari” tanlovi oʻtkazildi.

***

Poytaxtimizdagi “Navro‘z” bog‘ida ham Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” sayli o‘tkazildi. Yoshlar sayillari yurtimizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish