Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

NAVRO‘Z SAYLIDAN FOTOREPORTAJ

16.3.2023 567

Muxbirimiz

Davlatimiz rahbarining “2023-yilgi Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risi”dagi qaroriga muvofiq bugun Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Navro‘z sayli” bo’lib o’tdi.

“Navzo’z sayli”da Yoshlar siyosati va sport vaziri A. Ikromov so‘zga chiqib, Navro‘zning ahamiyati, sayl doirasida tashkil etilgan, amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Tadbir davomida katta futbol maydoni hamda kamondan o’q otish zalining ochilish marosimi, “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida ramziy daraxt ekish marosimi, shuningdek varrak sayli, milliy o’yinlar tashkil etildi.

Milliy osh chempionati va sumalak sayli o’tkazildi. “Eng yaxshi palov” tanlovi bo’yicha hududlarga xos palovlar pishirildi.
Viloyatlardan kelgan mehmonlarning milliy taomlari o’rtasida “Ko’klam ne’matlari” tanlovi o’tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish