Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Nikoh yoshiga yetmagan farzandini turmushga bergan ota-ona javobgarlikka tortiladimi?

21.7.2023 3988

Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 4 mln 950 ming so‘m jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu qilmish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 

Ma’lumot uchun nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish