Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Nogironlar navbat kutmaydi

25.4.2023 968

Prezidentimizning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi qaroriga muvofiq, nogiron shaxslar mansabdorlar qabuliga navbatsiz kirish huquqiga ega.

Qonunchilikka ko‘ra, I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslar, nogiron bolalar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi bir nafar fuqaro uchun davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan, shu jumladan, davlat xizmatlari markazlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat muassasalarida fuqarolarning bevosita hozirligida (joyida) ko‘rsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi, davlat idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirish bo‘yicha imtiyoz berilishi belgilangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish