Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga imkoniyat

30.10.2023 349

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkasini sotib olish xarajatlarini qoplash tartib-taomillarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning yoki ularning vakillarining elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha murojaatlari: 

  • 2024-yil 1-yanvardan boshlab tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari orqali; 
  • 2024-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham qabul qilinadi.

2024-yil 1-iyungacha nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq bir martalik to‘lovni YAIDXP orqali ajratish joriy etiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning “E-auksion” platformasi orqali sotib olingan yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlari “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinishi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat organlari va boshqa tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga rioya etilishi yuzasidan YAIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatadi. 

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslar belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish