Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Nurafshonda "Mahalla yoshlarining maʼnaviyat bogʻi" tashkil etildi

24.11.2024 304

Xabaringiz bor, “Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy yil kuzgi mavsumi uchun joylarda ko‘chat o‘tqazish ishlari jadal olib borilmoqda. Jumladan, bugun erta tongdan Nurafshon shahrida  "Mahalla yoshlarining maʼnaviyat bogʻi"ni tashkil etishga start berildi.

Yoshlar ishlari agentligi, Mahallalar uyushmasi, Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan aksiya doirasida Nurafshon shahri stellasi atrofidagi koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan bogʻ maydoni nuroniylar, maʼnaviyat targʻibotchilari, mahalladagi yoshlar yetakchilari va faol oʻgʻil-qizlar ishtirokida obod etildi. 

Aksiya davomida 8,5 gektar yer maydoniga 7 mingdan ziyod hududning tuproq iqlim sharoitiga mos boʻlgan nihollar ekildi.Jarayonlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev ham yeng shimarib, yoshlar bilan yelkama-yelka turib daraxtlar ekdi. Bu esa yoshlarga yana ham shijoat bag‘ishladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish