Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

O`g`il bolalar yaxshi o`qiydimi yoki qizlar?

27.11.2023 1303

Universitetlarning imtihon natijalari e'lon qilinganida e'tiborni tortadigan bir jihat bor. "Talaba qizlarning imtihon topshirishdagi muvaffaqiyati" har yili erkaklarnikidan yuqori. Bu faqat bizning davlatimizdami? Agar butun dunyoda shunday bo`lsa, nega qizlar ko`proq muvaffaqiyat qozonishadi? Va nima uchun qizlar maktab hayotidagi ushbu muvaffaqiyatni hayot maktabida saqlab qolishda qiynaladi?

Nyu-Brunsvik universitetining psixologiya professorlari Daniyel va Syuzan Voyer "O`g`il bolalar muvaffaqiyatliroqmi yoki qizlar?" deya qizikib qolishdi. Ular 30 xil davlatdan kelgan 1 milliondan ortiq erkak va qiz talabalarning imtihon baholarini tahlil qilishdi. Ularning ushbu tadqiqoti Germaniyadan Kanadagacha, Saudiya Arabistonidan Singapurgacha bo`lgan juda keng geografik mintaqani qamrab oldi.

Tadqiqotchilar 1914-yildan 2011-yilgacha o`tkazilgan 369ta tadqiqotni sinchiklab o`rganib chiqishdi. Ular o`rta maktabning boshlang`ich va yuqori sinf o`quvchilari hamda kollej darajasidagi o`quvchilarni kuzatishdi. Ishonchli bo`lmagan o`quvchilar anketa so`rovlaridan chetlashtirildi.

Sizningcha, maktabda qizlar yaxshiroq o`qiydimi yoki o`g`il bolalar?

Tadqiqot yakunida savolga o`rin qoldirmaydigan aniq natija ko`rindi. Tajriba o`tkazilgan barcha mamlakatlarda barcha fanlar bo`yicha qizlar o`g`il bolalardan ustun!

Qizlarning eng yuqori ko`rsatkichlaridan biri bu til bilishidir. Eng oz darajada farqlangan soha bu matematika, biroq qizlar matematikada ham muvaffaqiyatli. Demak, "erkaklar fan va matematikada a'loroq" degan fikr shahar afsonasi!

Xo`sh, nega qizlar maktabda yaxshi o`qishadi? Bir nechta tadqiqotlar natijalarini diqqat bilan ko`rib chiqish qizlarning muvaffaqiyat siri haqida ma'lumot berishi mumkin:

Tadqiqotlarning birida bog`cha bolalarining diqqatni jamlashi, ko`rsatmalarga rioya qilishi, uy vazifasini bajarishi, tartiblilik kabi ko`nikmalari solishtirildi. Qizlar o`z-o`zini tartibga solish buyicha o`g`il bolalardan 1 yil oldinda.

Psixologiya professorlari Martin Seligman va Anjela Li Dakvortlar o`rta maktabda qizlar o`z-o`zini tarbiyalashda o`g`il bolalardan ustun turishini aniqladilar. Ularning aniqlashicha, qizlar imtihondagi savollarga borishdan oldin yo`riqnomani diqqat bilan o`qiydilar, o`qituvchini darsda diqqat bilan tinglaydilar, televizorni kamroq tomosha kiladilar va uy vazifasini ko`prok bajaradilar, tafsilotlarga ko`proq e'tibor beradilar va zerikishlariga qaramay uzoq muddatli uy vazifalarini bajarishda qat'iyatlidirlar. Bundan tashqari, kizlar kunduzi, o`g`il bolalarga qaraganda,

uy vazifalarini erta bajarishlarini va uy vazifasi uchun ulardan 2 baravar ko`proq vaqt sarflashlarini aniqladilar. Xulosa qilib aytganda, qizlarning muvaffaqiyati nasldan naslga o`tuvchi meros emas, balki sof peshona teri evazigadir!

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish